Gujarot
Gujarot — Hindiston shtati, mamlakatning gʻarbida, Arabiston dengizi sohilida. 1960-yilda Bombay shtatidan aholisining aksariyatini gujarotlar tashkil etgan viloyatlarni ajratib tashkil etilgan. Mayd. 196 ming km2. Aholisi 50,6 mln. kishi (2001), 90% xindular, 8,4% musulmonlar. Maʼmuriy markazi — Gandinagar sh. Yirik shaharlari: Axmadobod, Baroda, Surat, Rojkut, Bhavnagar, Jamnagar, Kandla.
Gujarot yer yuzasining koʻp qismi allyuvialdengiz qumli gillardan tuzilgan yassi payettekislik. Iqlimi subekvatorial, yogʻinlar barqaror emas. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 16—23°, iyulniki 28°. Gujarotning katta qismida oʻrtacha yillik yogin 500–1000 mm. Oʻsimliklari shtatning gʻarbida tropik savannalardan, sharqida tropik quruq oʻrmon va tikanli butazorlardan iborat. Yirik daryolari — Tapti, Narbada, Maxi. Gujarot kuchli seysmik zonada joylashgan (qarang Gujarot zilzilasi).
Qadimda va oʻrta ayerlarda gujarot hududida bir necha davlat mavjud boʻlgan. 1297—1396-yillarda gujarot yerlari Dexli sultonligiga karam edi. 1406-yil Dexli sultonligining gujarotdagi noibi Muzaffarxon gujarotni mustaqil sultonlik, Ahmadobodni uning poytaxti deb eʼlon qildi. Mahmud I Begara davrida (1459—1511) gujarot ancha rivojlandi, savdo-sotiq kuchaydi. 16-asr boshlarida portugallarning gujarot portlarini qamal qilishi natijasida sultonlik iqtisodiy tushkunlikka uchradi. 1572-yilda Akbar gujarotni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. 18-asr oʻrtalarida gujarot hududi marath peshvolari qoʻliga oʻtdi. 19-asr boshlarida esa inglizlar uni Bombay (Mumbay) viloyatiga qoʻshib yubordi. Hindiston mustaqillikka erishgach (1947), gujarot aloqida shtatga aylantirildi (1960).
Gujarot Hindistonning muhim paxtachilik rayoni va sanoati rivojlangan shtatlaridan. Butun Hindistondagi paxta maydonining 1/5 qismi va hosilining 1/4 qismidan koʻprogʻi, yer yongʻoqning 1/3 qismidan koʻprogʻi gujarot hissasiga toʻgʻri keladi. Oziq-ovqat uchun sholi, ichki viloyatlarda va shim.da jovar (tariqning bir turi), makkajoʻxori, bugʻdoy, shtatning hamma joyida dukkaqli ekinlar eqiladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki boqiladi. Kach qoʻltigʻidan tuz olinadi. Shuningdek, marganes, ohaktosh, boksit, neft ham qazib chiqariladi. Yetakchi sanoat tarmogʻi—toʻqimachilik. Umumiy va elektrotexnika mashinasozligi, kimyo, sement i. ch. sanoatlari ham rivojlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |