iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Gektar
Gektar - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Gektar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gektar (gekto... va ar) — metrik oʻlchov tizimida maydon oʻlchov birligi; yer sathini, baʼzan suv sathini oʻlchashda qoʻllanadi, ga bilan belgilanadi. 1 ga har tomoni 100 m boʻlgan kvadrat yuzaga teng: 1 ga= 10000 m2=10 ar=0,915 desyatina = 107641 kv. fut = 12 tanob = 0,73 botmon (8 pud).[1]

Oʻzbekistonda gektar yerning, asosan qishloq xoʻjalik yerlarining asosiy maydon oʻlchov birligi hisoblanadi. Oʻzbekistonda, shuningdek "sotix" atamasi koʻp qoʻllanadi: bir sotix (100 m²) gektarning 100 dan bir qismiga, yaʼni bir arga teng.

Vizuallashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Regbi Xalqaro kengashi tomonidan regbi oʻynash uchun maydonning oʻrnatilgan maksimal oʻlchami, darvoza orqasidagi sinov doiralarini qoʻshgan holda — 144×70 m, bu 1,008 ga ni tashkil etadi.

Xalqaro matchlar uchun futbol maydoni tavsiya etiladigan 105×68 m oʻlchamga ega, bu 0,714 ga ni tashkil etadi[2].

1 gektar maydonni egallaydigan aylana taxminan 56,4189584 m radiusga ega.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil