iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Degidrogenlash
Degidrogenlash - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Degidrogenlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Degidrogenlash (de... va gidrogenlash) — organik birikmalardan katalizator ishtirokida vodorod ajra-tib olish reaksiyasi. Elektron almashinish bilan sodir boʻladigan oksidlanishqaytarilish jarayonlariga kiradi. Gidrogenlash uchun yaroqli katalizatorlarning kupi D. uchun ham ishlatiladi. D. yuqori temperaturada boradi. Bosimning oshishi D. jarayoni bilan susayadi. Uglevodorodlarni D.da tarkibida Sg2O3 va MoO3 boʻladigan katalizatorlar koʻproq ishatiladi. Sanoatda D.dan foydalanib, yuqori sifatli yoqilgʻi hamda monomerlar oli-nadi. Alyumoxrom katalizatorlari ishtirokida normal parafin uglevodorodlarni degidrogenlab, olefinlar va diolefinlar olinadi. Shu usuldan foydalanib, neft bilan birga chiqadigan yoʻlakay gazlar hamda neft mah-sulotlaridan butadiyen va izopren, bulardan esa kauchuk olinadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil