iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Bengal_tili
Bengal tili - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Bengal tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bengal tili
Milliy nomi বাংলা
Mamlakatlar Bangladesh[1] va Hindiston[2]
Rasmiylik holati Bangladesh va Hindiston (Gʻarbiy Bengaliya, Tripura va Barak viloyati)
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250–300 milliondan ortiq
Turkumlanishi
Turkum Hind-yevropa tillari
Alifbosi Bengal alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 bn
ISO 639-2 ben
ISO 639-3 ben

Bengal tili (bengal, bangla, banga, bxasha) — bengallar tili. Hindyevropa tillari oilasiga mansub, hind yoki hindoriy tillaridan iborat. Bangladesh Xalq Respublikasining va Hindistondagi Gʻarbiy Bengaliya shtatining rasmiy tili. 150 mln.dan optik, kishi gaplashadi. Bengal tili ikki — gʻarbiy va sharqiy lahjalar guruhiga boʻlinadi. Tuzilishi jihatidan analitik, biroq keyingi davrlarda fleksiya shakllari koʻpayib bormoqda. Bu asosan analitik shakldagi ot va feʼllarni tutashtirish va shu asosda agglyutinativ qoʻshimchalar yasalishi orqali amalga oshadi. Bengal tili da choʻziq unlilar yoʻq, soʻz oʻzagidagi unlilar almashinuvi soʻz yasalishi bilan bogʻliq unlilar uygʻunlashuvi tarzida kuzatiladi. Otlarda jins kategoriyasi, feʼllarda koʻplik shakli deyarli yoʻq. Adabiy til gʻarbiy lahjalarga va arxaik tizimga tayangan. Alifbosi brahmi yozuvidan kelib chiqqan, oʻziga xos koʻrinishga ega.[3]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. "Bengal tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil