iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Azim_Sharipov
Azim Sharipov - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Azim Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azim Sharipov
Tavalludi 1881-yil
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
O‘zbekiston SSR
Kasbi Qozi
Faoliyat yillari 1920-1937
Turmush oʻrtogʻi Mohidavron
Bolalari Qizlari: Muzavira, Mohira
O'gillari:G'iyos, Shahat, Hodi, Nosir, Mansur
Otasi Sharifjon maxdum

Azim Sharipov (1881-yil, Buxoro — ?) — Buxoro jadidlari vakili, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Adliya Noziri, Buxoro okrugi shariat qozisi boʻlgan.

Azim Sharipov 1881-yilda Buxoro amirligi poytaxti Buxoro shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. Otasi Sharifjon maxsum Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan, soatsozlik kasbini ham egallagan. Azim Sharipov madrasada Aminjon Ziyovuddinov bilan birga tahsil oladi. Ular birgalikda Buxoro taraqqiyparvarlari qatoriga qoʻshiladilar. A.Sharipov Buxoroda amirlik tuzumi barham topgandan soʻng, 1920—1921-yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Adliya nozirligida kutubxona boshligʻi, 1921-yildan 1922-yilgacha Buxoro shahar sud tizimi boshqarmasida rahbar vazifasida faoliyat yuritadi. 1922-yildan 1923-yilgacha BXSR Adliya noziri oʻrinbosari boʻlgan. 1923-yildan 1924-yilgacha Adliya Noziri vazifasida ishlaydi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tugatilgandan soʻng Qozilar kengashiga aʼzolikka qabul qilinib, 1925-yildan 1927-yilgacha Buxoro okrugi shariat qozisi mansabiga koʻtariladi[1]. 1928-yilda Toshkentga koʻchib boradi. Azim Sharipovning uyida jadid maʼrifatparvaridan Oxunjon Abdusaid, Muhiddin Mahzum, Aminjon Ziyovuddinov tez-tez mehmon boʻlishgan.

OʻzSSR NKVD huzuridagi „uchlik“ning (1937-yilda Oʻz NKVD huzuridagi „uchlik“ tarkibi: raisi — Apresyan, aʼzolari — Segizbayev, Sheyndlin, kotibi — Baronenko boʻlgan. 1938-yilda „uchlik“ tarkibi raisi — Apresyan, aʼzolari — Yusupov, Sheyndlin, kotibi — Baronenko boʻlgan). 1937-yil 5-noyabrdagi qarori bilan nemis razvedkasi agenti bilan aloqa oʻrnatganlikda ayblanib, 10 yil muddatga mehnat lageriga hukm qilingan[2]. Uni ayblashdagi asosiy eʼtibor doʻsti A.Ziyovuddinovning Germaniyada oʻqib kelgan shifokor oʻgʻli Bаhovuddin Аminjonovga borib taqaladi. Yaʼni B. Aminjonov bilan 1927-yildan buyon uchrashib yurgan, muntazam ravishda Sovet Ittifoqiga qarshi gʻoyalarni targʻib qilgan degan ayblovlar qoʻllanadi. Jazo muddati 1937-yil 14-iyuldan hisoblangan. 1990-yilning 28-fevralida boʻlib oʻtgan OʻzSSR prokraturasining qarori bilan Azim Sharipov aybsizligi isbotlandi va nomi toʻla oqlandi.

  1. B.Hasanov. Tarixning noma'lum sahifalari (7-kitob). Toshkent 2018 — 4-bet. ISBN 978-9943-4964-4-6. 
  2. Rustambek Shamsutdinov. Qatag'on qurbonlari (2-kitob). Toshkent: Sharq nashriyoti 2007 — 459-bet. ISBN 978-9943-00-240.