Alisher Otaboyev
Алишер Абдужалилович Отабоев | |
---|---|
рус. Алишер Абдужалилович Атабаев | |
Tavalludi |
1947 |
Vafoti |
2016-yil 18-iyul Fargʻona |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Partiyasi | Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Qosimova Raʼno Mahmudovna (Fargʻona shahrida tugʻilgan) — Fargʻona davlat dorilfununi iqtisodiyot kulliyoti dekani. |
Bolalari | Mahmud (1976), Sardor (1978) |
Mukofotlari | "El-yurt hurmati" ordeni (2002)medallar va koʻplab fahriy yorliqlar bilan taqdirlangan. |
Alisher Abdujalilovich Otaboyev (17-aprel 1947 yili Margʻilon shahri Fargʻona viloyati Oʻzbekistonda tugʻilgan)-Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.
Taʻlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fargʻona politexnika oliygoxini muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Hayot yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alisher Otaboyev 17-aprel 1947 yili Margʻilon shahrida tugʻilgan, Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan.
15 yanvar 2000 yili Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga uning nomzodini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov koʻrsatgan va Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan edi.
Viloyat hokimi vazifasiga tayinlanguncha 1997 yildan 15 yanvar 2000 yilgacha Fargʻona viloyati hokimining 1 oʻrinbosari, undan avval esa 1997 yilgacha Fargʻona shahar hokimi lavozimida ishlagan.
2000 yil oktyabrdan 2004 yilgacha 174-sonli Beshariq saylov okrugidan 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlib saylangan. Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan.
Sovet davrida Fargʻona mexanika zavodi bosh muhandisi soʻngra direktori lavozimida ishlagan.
Oʻzbekistonning Mustaqilligini 11-yilligi munosabati bilan Alisher Otaboev Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 27 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan, Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi va Vatan uchun qilgan mehnatlari yuksak baholanib, "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan[1].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xotini — Raʼno Mahmudovna Qosimova. 2 ta oʻgʻli: Mahmud (1976), Sardor (1978) va nevaralari bor.
Olgan mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "El-yurt hurmati" ordeni (Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 27 avgust 2002 yildagi Farmoni)[1].
- Medallar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tsentraziya Personi (Wayback Machine saytida 2018-06-29 sanasida arxivlangan)
- Xokimi oblastey Uzbekistana (Wayback Machine saytida 2018-06-29 sanasida arxivlangan)
- Situatsiya pod kontrolem
Oʻtmishdoshi: Abduhoshim Abdullayev |
Fargʻona viloyati hokimi 2000-yil 15-yanvar — 2004-yil 15-oktabr |
Vorisi: Shermat Nurmatov
|
- Margʻilonda tugʻilganlar
- Fargʻonada vafot etganlar
- Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari
- Fargʻona viloyati hokimlari
- 1947-yilda tugʻilganlar
- 17-aprelda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar
- Oʻzbeklar
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekiston siyosatchilari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Davlat yetakchilari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Fargʻona shahar hokimlari
- Oʻzbekiston muhandislari
- Oʻzbekiston davlat arboblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʻzolari
- Margʻilonda dafn etilganlar