iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.wikipedia.org/wiki/Akromegaliya
Akromegaliya - Vikipediya Kontent qismiga oʻtish

Akromegaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akromegaliya (yunoncha, akros — oyoq-qoʻl va megos — katta) — miya ortigʻi (gipofiz) oʻsish gormonini ortiqcha ishlab chiqarish natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning lab, burun, pastki va yuqori jagʻi hamda oyoq-qoʻli, shuningdek ichki aʼzolari kattalashib ketadi. Akromegaliyada tana skeleti, yumshoq toʻqimalari (biriktiruvchi toʻqima, muskul, shilliq pardalar) haddan tashqari oʻsib ketadi. Koʻpincha 18-35 yoshdagi kishilar (aksari ayollar)da uchraydi. Akromegaliyada ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham buziladi. Akromegaliya rentgen nurlari, gormonal preparatlar, shuningdek jarrohlik yoʻli bilan davolanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil