Abdurahimbiy
Abdurahimbiy | |
---|---|
Qoʻqon xoni | |
Saltanat | 1721 — 1733 |
Oʻtmishdoshi | Shohruxbiy (1709—1721) |
Davomchisi | Abdulkarimbiy (1733—1750) |
Tugʻilishi |
1679-yil Fargʻona viloyati Buxoro xonligi |
Vafoti |
1733-yil Xoʻjand Qoʻqon xonligi |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Otasi | Shohruxbiy |
Onasi | Nozik Oyim |
Dini | Islom |
Abdurahimbiy — (Abdurahimxon (1700—1733, Xoʻjand), Qoʻqon xoni (1721—1733). Oʻzbeklarning Ming sulolasidan. Abdurahimbiy otasi vafotidan keyin taxtga oʻtirgan Shohruxbiyning oʻgʻli. 1725-yil Buxoro xonligining zaiflashganidan foydalanib, 20 ming kishilik qoʻshin bilan Xoʻjandni, 1726-yil esa Oʻratepani, 1732-yil Samarqandni egallagan. Shahrisabz hokimi Olimbek valineʼmaning (boshqa manbalarga koʻra Ibrohim otaliq kenagasning) qizi Oychuchuk oyimni oʻz nikohiga olgan. Shahrisabzlik kenagashlar bilan ittifoq tuzib, Abdurahimbiy Samarqandda olti oy turgach, Fargʻonaga qaytgan. 1733-yil suiqasd natijasida oʻldirilgan. Abdurahimbiy oʻlimidan soʻng Qoʻqon xonligi zabt etilgan hududlardan ajragan. Abdurahimbiy davrida Qoʻqonda qal’a qurilgan boʻlib, u hozirgi „Eski qoʻrgʻon“ deb ataladi.
Hukmdorlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Abdurahimbiy taxtga oʻtirganidan soʻng minglar sulolasi tasarrufidagi yerlar kengaya boshlaydi. Uning hukmronligi davrida 1725-yilda Xoʻjand,1724-yilda Andijon hamda 1726-yilda Oʻratepani bosib olib, Qo‘qon xonligi tarkibiga kiritadi[1]. Abdurahimbiy dastlab Xoʻjandni tinch yoʻl bilan zabt etishga harakat qilgan, biroq Yuz oʻzbek urugʻidan boʻlgan Oqboʻtabiy shahri hukmdori tinchlik muzokaralarini rad etgan va tez orada vafot etgan. Abdurahimbiy Ming urugʻiga mansub oʻzbek hukmdorlaridan birinchisi boʻlib, tarixchilar uni Amir Temurga qiyos qilib, sohibqiron deb atashgan[2]. Keyinchalik Abdurahimbiy Samarqandni oʻziga boʻysundirmoqchi boʻlib, Kenagas oʻzbek urugʻidan boʻlgan Shahrisabz hukmdorlari bilan ittifoq tuzadi. 1732-yilda Abdurahimbiy Samarqandni egallashga muvaffaq boʻladi. Abdurahimbiy Xoʻqand qishlogʻi oʻrni va atrofida yangi shaharga (avval Qal’ai Rahimbiy deb nomlangan, soʻng esa Qoʻqon) asos soladi va bu shahar xonlikning poytaxtiga aylanadi. Poytaxtda yangi qal’a qurilib, keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abdurahimbiy 1733-yilda fitna natijasida oʻldirilib, davlat hokimiyati ashtarxoniylar taʼsiriga tushib qolgan ukasi Abdulkarimbiy oʻtadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bohodir Eshov. „Qo‘qon xonligi“. «O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi», Toshkent-2012. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
- ↑ Babadzhanov B. M., Kokand Khanate: power, politics, religion. Tokyo-Tashkent, 2010, p. 105
- ↑ Babadzhanov B. M., Kokand Khanate: power, politics, religion. Tokyo-Tashkent, 2010, p. 101
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Bobobekov H. N., Qoʻqon tarixi, T., 1996; I brat, Fargʻona tarixi, T., 1991.
- Levi, Scott C. The Rise and Fall of Khoqand, 1709-1876: Central Asia in the Global Age. University of Pittsburgh Press, 2017.
- Bosworth, C. E. The new Islamic dynasties. A chronological and genealogical manual. N. Y., 1996.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |