Abdugʻani Abdullayev (dinshunos)
Abdug‘ani Abdullayev | |
---|---|
Tavalludi |
28-aprel 1928-yil |
Vafoti |
1999 Toshkent |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | imom-xatib, jurnalist, dinshunos olim |
Mukofotlari | Al-Azhar universitetining «Buyuk xizmatlari uchun» mukofoti |
Abdugʻani Abdullayev (1928-yil 28-aprel, Oltiariq – 1999-yil Toshkent) – oʻzbekistonlik jurnalist va dinshunos olim.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1928-yilning 28-aprelida Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Oltiariq qishlogʻida dunyoga kelgan.
1945—1950-yillarda Mir Arab madrasasida oʻqidi[1].
1954—1957-yillarda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasida turli vazifalarda ishladi.
1957—1961-yillarda diniy idora rahbariyatining tavsiyasi bilan Misrning Al-Azhar universitetida taʼlim oldi.
Mir Arab madrasasida tafsir, aqoid, fiqh fanlaridan dars berdi.
1965-yili Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga mas’ul kotib etib tayinlangan.
1989—1992-yillarda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi boʻlgan.
1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi lavozimida mehnat qildi.
1995-yilda O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida ochilgan Xalqaro islom tadqiqot markazi direktori boʻldi.
1997—1999-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan[2]
Yirik xalqaro anjumanlarda ingliz, arab, fors, rus, doriy tillarida ilmiy maʼruzalar qilgan. Al-Azhar universitetining „Buyuk xizmatlari uchun“ mukofoti bilan taqdirlangan.
1999-yili Toshkentda vafot etgan. Toshkentdagi Koʻkcha Shayx Zayniddin qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ O’zbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari, Uchinchi kitob. Toshkent viloyati va toshkent shahri. Toshkent, “Turon Zamin-Ziyo”, 2015. — 356-bet. ISBN ISВN 978-9943-335-74-5.
- ↑ «O‘zbekiston ulamolari» Mas’ul muharrirlar: Usmonxon ALIMOV va Baxtiyor BOBOJONOV: . «Movarounnahr», 2015 yil — 496-bet. ISBN _978-9943-12-324-3.