OKMK (futbol klubi)
OKMK Olmaliq – professional futbol klubi. Olmaliqda joylashgan. Oʻzbekiston Superligasi vakili[1] Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi. Ularning futzal klubi futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi.
Toʻliq nomi | Olmaliq kon-metallurgiya kombinati futbol klubi | ||
---|---|---|---|
Laqabi |
Konchilar Metallurglar | ||
Asos solingan | 2004 | ||
Stadioni | OKMK sport majmuasi, Olmaliq | ||
Sigʻimi | 12,000 | ||
Prezidenti | Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi) | ||
Bosh murabbiy | Mirjalol Qosimov | ||
Liga | Oʻzbekiston Superligasi | ||
Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Tarixi
tahrirAGMK futbol klubi 2004-yilda tashkil topgan. Bosh homiy va jamoa egasi – „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati. AGMK futbol klubining rasmiy nomi kompaniyaning rus tilidagi nomidan kelib chiqqan qisqartmadir (Rus tilida: Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat). „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ tarqatib yuborilgan „Metallurg-Olmaliq“ futbol klubining davomchisi sifatida 1966—1988-yillarda futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan[2][3][4][5].
Tashkil etilgan dastlabki yillarda klub AGMK deb atalgan. 2004-yilda AGMK zavodi Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etish uchun ariza berdi va tez orada taklif qabul qilindi. Debyut mavsumida AGMK oltinchi oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumda klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2007-yilgi mavsum yakunida AGMK Oʻzbekiston Birinchi ligasini 7-oʻrinda yakunladi, ammo Oliy ligada ishtirok etishi kerak boʻlgan ikki klubning moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgani uchun, olmaliqliklarga Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Oliy ligadagi debyut mavsumida klub oʻn oltita jamoa orasida oʻninchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga yoʻl oldi. Oʻsha mavsumda oltita gol urgan Litvalik Artūras Fomenka klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2009-yilda klub nomini „Olmaliq“ futbol klubi deb oʻzgartirdi. Oʻsha mavsumda „Olmaliq“ futbol klubi Oliy ligadagi oʻyinlari tarixidagi eng yaxshi oʻyinini koʻrsatdi – toʻrtinchi oʻrin.
2010 va 2011-yilgi mavsumda Olmaliq futbol klubi Oliy ligada oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda sakkizinchi, keyingi mavsumda esa beshinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogining finaliga chiqqan, 2013-yilda ushbu kubok sohibi boʻlgan. 2014 va 2015-yilgi mavsumda oltinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda jamoa Oliy Ligada oʻz tarixidagi eng past natijani koʻrsatdi va 13-oʻrinni egalladi. 2017-mavsum olmaliqliklar uchun tarixiy mavsumga aylandi. AGMK ushbu mavsumda Oliy ligada yettinchi oʻrinni egallagan boʻlsa ham, shu yili oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi[6]. 2020 va 2021-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Jamoa shuningdek, 2021-yili OCHLda debyut qilgan.
2018-yil boshida klub eski nomi – AGMKga qaytishini eʼlon qildi.
Klub prezidenti – Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)
Klub nomlari
tahrirYillar | Nomlar |
---|---|
2004—2008 | OTMK Olmaliq |
2009—2017 | Olmaliq futbol klubi |
2018—2023 | AGMK Olmaliq |
2023— | OKMK Olmaliq |
-
Klubning sobiq logosi
Mahalliy musobaqlarda
tahrirMavsum | Liga | Oʻzbekiston kubogi | Eng yaxshi toʻpurar | Murabbiy | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Div. | Oʻrin | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | O"G | O | Ism | Gollar | |||
2004 | Pro liga | 6 | 40 | 18 | 5 | 17 | 73 | 75 | 59 | Play-off bosqichi | Aleksandr Vostrikov | 14 | Rafael Fabarisov |
2005 | Pro liga | 10 | 34 | 13 | 10 | 11 | 43 | 50 | 49 | Guruh bosqichi | Shukurullo Ashurov | 15 | Rafael Fabarisov |
2006 | Pro liga | 6 | 38 | 20 | 9 | 9 | 58 | 35 | 69 | Play-off bosqichi | Lenur Yunusov | 16 | Rafael Fabarisov |
2007 | Pro liga | 14 | 38 | 13 | 9 | 16 | 57 | 49 | 48 | 1/16 final | Aziz Uralov | 5 | Rafael Fabarisov |
2008 | Superliga | 10 | 30 | 8 | 9 | 13 | 29 | 34 | 33 | Yarim final | Artūras Fomenka | 6 | Igor Shkvirin |
2009[7] | Superliga | 4 | 30 | 15 | 3 | 12 | 50 | 38 | 48 | 1/8 final | Muydin Mamazulunov | 12 | Igor Shkvirin |
2010 | Superliga | 11 | 26 | 8 | 5 | 13 | 32 | 41 | 29 | 1/8 final | Nosirbek Otaqoʻziyev | 13 | Igor Shkvirin |
2011 | Superliga | 11 | 26 | 8 | 5 | 13 | 37 | 45 | 29 | 1/16 final | Muydin Mamazulunov | 16 | Igor Shkvirin |
2012 | Superliga | 8 | 26 | 9 | 4 | 13 | 39 | 46 | 31 | 1/8 final | Zafar Polvonov | 7 | Igor Shkvirin |
2013 | Superliga | 5 | 26 | 11 | 7 | 8 | 46 | 43 | 40 | 1/8 final | Zafar Polvonov | 14 | Igor Shkvirin |
2014 | Superliga | 6 | 26 | 8 | 7 | 11 | 33 | 38 | 31 | 1/4 final | Diyor Turopov | 4 | Igor Shkvirin |
2015 | Superliga | 6 | 26 | 12 | 8 | 10 | 53 | 49 | 44 | 1/16 final | Nemanja Jovanović | 9 | Igor Shkvirin |
2016 | Superliga | 13 | 30 | 8 | 2 | 20 | 40 | 54 | 26 | 1/8 final | Muydin Mamazulunov | 6 | Igor Shkvirin |
2017 | Superliga | 8 | 30 | 12 | 8 | 10 | 31 | 32 | 44 | 1/8 final | Uladzislaw Kasmynin | 6 | Viktor Kumikov |
2018 | Superliga | 10 | 20 | 7 | 6 | 7 | 25 | 23 | 27 | Chempion | Jovan Đokić | 11 | Viktor Kumikov |
2019 | Superliga | 9 | 26 | 9 | 5 | 12 | 36 | 37 | 32 | Ikkinchi oʻrin[8] | Zafar Polvonov | 15 | Mirjalol Qosimov |
2020 | Superliga | 3 | 26 | 14 | 7 | 5 | 39 | 28 | 49 | Ikkinchi oʻrin | Elguja Grigalashvili | 7 | Mirjalol Qosimov |
2021 | Superliga | 3 | 26 | 13 | 8 | 5 | 34 | 25 | 47 | Yarim final | Oleksandr Kasyan | 6 | Mirjalol Qosimov |
2022 | Superliga | 4 | 26 | 13 | 5 | 8 | 44 | 23 | 44 | Yarim final | Martin Boakye | 12 | Mirjalol Qosimov |
2023 | Superliga | 4 | 26 | 13 | 7 | 6 | 43 | 34 | 46 | Ikkinchi oʻrin | Xurshid Gʻiyosov | 9 | Mirjalol Qosimov |
2024 | Superliga | 2 | 26 | 14 | 5 | 7 | 40 | 29 | 47 | Guruh bosqichi | Xurshid Gʻiyosov | 5 | Mirjalol Qosimov |
Xalqaro musobaqlar
tahrir- Natijalar 2021-yil 30-aprel holatiga ko'ra
Musobaqa | Oʻyin | Gʻ | D | M | UG | OʻG | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
AFC Osiyo chempionlar ligasi | 9 | 4 | 1 | 4 | 14 | 14 | 13 |
Umumiy | 9 | 4 | 1 | 4 | 17 | 22 | 13 |
Osiyo chempionlar ligasi
tahrir- 16-avgust 2023-yil
Musoboqa | Pld | W | D | L | GF | GA |
---|---|---|---|---|---|---|
AFC Osiyo Chempionlar ligasi | 11 | 5 | 1 | 5 | 17 | 22 |
Total | 11 | 5 | 1 | 5 | 17 | 22 |
Mavsum | Musobaqa | Bosqich | Jamoa | Uy | Safar | Natija |
---|---|---|---|---|---|---|
2019 | AFC Champions League | 2-saralash bosqichi | Istiqlol | 4–2 | ||
Play-off bosqich | Al-Nassr | 0–4 | ||||
2021 | Play-off bosqich | Al Gharafa | 1–0 | |||
Group A | Al Hilal | 0–3 | 2–2 | 4 | ||
Shabab al-Ahli | 2–1 | 1–3 | ||||
Istiqlol | 2–3 | 2–1 | ||||
2023–24 | Dastlabki bosqich | Al-Seeb | 1–0 | |||
Play-off bosqich | Al-Arabi |
Stadion
tahrirStadioni – OKMK Sport majmuasi. Jamoa bu stadionda 2014-yildan buyon toʻp surmoqda[9].
Stadion tarixi
tahrirJamoa Yangi stadiondan foydalanishidan avval Olmaliqdagi eski Metallurg stadionida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazgan. Metallurg 1960-yilda qurilgan boʻlib, 11 000 tomoshabinga moʻljallangan. Bugungi kunda jamoaning yoshlar tarkibi va ayollar futbol jamoalari ushbu stadiondan foydalanmoqda. 2011-yilda klub uchun Eski stadiondan uncha uzoq boʻlmagan hududda OKMK sport majmuasi qurilishi boshlanadi[10]. Yangi Olmaliq sport majmuasida voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol, kurash uchun yopiq kortlar hamda ochiq va yopiq tennis kortlari ham mavjud. Qurilish ishlari 2014-yilning fevral oyida yakunlandi. Eski stadion saqlanib qolgan va taʼmirlanadi[11]. Butun sport majmuasi bilanYangi Olmaliq stadioni rasman OKMK Sport Majmuasi nomini oldi.
Stadionning tantanali ochilish marosimi 2014-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Ligasining 2014-yilgi birinchi hakami „Olmaliq“ – Bekobodning „Metallurg“ uchrashuvida „Olmaliq“ ning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi[12][13].
2014-yilning 27-may kuni „OKMK Sport Majmuasi“ jamoasi birinchi xalqaro oʻyinni oʻtkazdi, Oʻzbekiston – Ummon oʻrtoqlik uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlangan edi[14].
Yutuqlari
tahrirMahalliy musobaqalar
tahrir- 2-orin sohibi (1): 2024
- 3-orin sohibi (2): 2020, 2021
- Chempion (1): 2018
- Ikkinchi oʻrin (2): 2019, 2020, 2023
- Ikkinchi oʻrin (1): 2019
Klub hodimlari
tahrirBoshqaruv
tahrir- Klub prezidenti – Abdulla Xursanov
Murabbiylar shtabi
tahrirLavozimi | Ism |
---|---|
Bosh murabbiy | Mirjalol Qosimov |
Yordamchi murabbiy | Aleksandr Volkov |
Murabbiy | Hikmat Ergashev |
Murabbiy | Xayrulla Karimov |
ismoniy tayyorgarlik murabbiyi | Marat Axmerov |
Darvozabonlar murabbiyi | Murod Zuxurov[16] |
Oʻyinchilari
tahrirHozirgi
tahrir- 2024-yil 3-mart holatiga[17]
|
|
U19
tahrirU21
tahrirJamoani boshqargan murabbiylar
tahrir2004—2008-yillarda Rafael Fabarisov bosh murabbiy boʻlgan. 2008-yilda klubga taniqli oʻzbek futbolchisi va intiluvchan murabbiy Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoada kechgan moliyaviy qiyinchiliklardan soʻng, 2016-yilda u bosh murabbiylikdan ketdi va oʻrniga asli rossiyalik, qozogʻistonning Ordabasi klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov tayinlandi. 2018-yil boshida uning oʻrnini tajribali Baxtiyor Ashurmatov egalladi. Shu yili 22-dekabrdan hozirgi kunga qadar jamoaning bosh murabbiyi – Mirjalol Qosimov.
# | Murabbiy | Yillar |
---|---|---|
1. | Rafael Fabarisov | 2004—2008-yillar |
2. | Igor Shkvirin | 2008—2016-yillar |
3. | Viktor Kumikov | 2016—2018-yillar |
4. | Baxtiyor Ashurmatov | 2018-yil |
5. | Mirjalol Qosimov. | 2019—h. v. |
Mashhur oʻyinchilari
tahrir- Oleg Zoteyev
- Shavkat Mullajonov
- Zafar Xolmurodov
- Jahongir Jiyamurodov
- Shavkat Salomov
- Shahboz Erkinov
- Sanjar Shoahmedov
- Nosirbek Otaqoʻziyev
- Javlon Guseynov
- Spartak Murtazoyev
- Kamoliddin Murzoyev
- Arslonmurat Amanov
- Maqsadmurod Shomurodov
- Pavel Xarchik
- Murod Hamroyev
- Umar Berdiyev
- Nazar Choʻlliyev
- Pavel Matyash
- Farhod Musabekov
- Valeriy Fomichev
- Giorgiy Kvesishvili
- Yevgeniy Gogol
- Aleksey Jdanov
- Vladislav Kasminin
- Yaroslav Martinyuk
- Vadim Chemirtan
- Adrian Kaskaval
- Artūras Fomenka
- Igor Petković
- Aleksandar Alempijević
- Darko Stanojević
- Nemanja Jovanović
- Igor Jelić
- Chaker Zouagi
Muxlislar, raqiblar, derbilar
tahrirAGMK futbol klubi koʻplab muxlislarga ega, ular orasida shu nomdagi zavodning koʻplab xodimlari bor. Uning asosiy raqibi Toshkent viloyatining yana bir jamoasi – Bekobodning „Metallurg“ jamoasidir.
Har ikki klub yirik sanoat korxonalari – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (AGMK) va Oʻzbekiston metallurgiya kombinati (Oʻzmetkombinat) sharafini himoya qilmoqda.
Ayni paytda ular Oʻzbekistonning ogʻir sanoati rivojlangan shaharlaridan biri – Olmaliq va Bekobodni ifodalaydi.
Shu bois AGMK va Metallurg jamoalari ishtirok etadigan „Metallurglar derbisi“ deb atalmish oʻzaro raqobat mamlakatimizda juda mashhur.
Ayni paytda AGMK va Metallurg muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatda boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinlarda sevimli klublariga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani birlashtirishga intilyapti.
Olmaliqliklar uzoq tarixda Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakili boʻlgan Qizilqum futbol klubi (Konchilar derbisi) hamda qoʻshni Angren shahrining Angren futbol klubi bilan ham biroz raqobat tarixiga ega.
Havolalar
tahrir- ↑ „Yangi tarix yaratayotgan AGMK haqida“. 27 sentabr, 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Rasmiy sayti“. 18-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyul 2022-yil.
- ↑ [1]Transfermarkt saytidagi sahifasi
- ↑ footballfacts.ru saytida
- ↑ wildstat.ru saytida
- ↑ „Архив: Чераннинг бенефиси, "бошсиз чавандоз" ва Шораҳмедовнинг алами, Ўзбекистон кубоги-2019 финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „"Ретро сурат". "Олмалиқ-2009"“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „Архив: Чемпионлик йўлаги, Сергеев ва Машариповдан дубль, тўйидан олдин гол уришни хоҳлаган Сардор. "Пахтакор"га чемпионлик кубоги топширилган ўйин“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Олмалиқдаги янги стадион очилиши 15 март куни бўлиб ўтади“ ((17 фев 2014). 17 фев 2014). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2022-yil..
- ↑ „В Алмалыке построен современный стадион“. vesti.uz (20-yanvar 2014-yil).
- ↑ „У "Алмалыка" теперь новый современный стадион“. sports.uz (20-yanvar 2014-yil). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2014-yil.
- ↑ „Olmaliq vs. Metallurg, 2014-03-15“. soccerway (15-mart 2014-yil).
- ↑ „В Алмалыке открыт новый стадион“. Champioanat.asia (16-mart 2014-yil).
- ↑ „Сегодня состоится первая товарищеская встреча между командами Узбекистана и Омана“. sports.uz (27-may 2014-yil). 2014-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2014-yil.
- ↑ „Архив: Тарихда илк бор ўтказилган Ўзбекистон Лига кубогининг 8та гол урилган финалини ёдга оламиз“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „Бугалони “Пахтакор”га жўнатиб юборган ОКМКнинг янги дарвозабонлар мураббийи маълум“ (2024-yil 5-yanvar).
- ↑ „OKMK jamoasi tarkibi“. 2024-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-mart.