iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.m.wikipedia.org/wiki/Monarxiya
Monarxiya - Vikipediya

Monarxiya (yunoncha: monarchia — yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshligi monarx hisoblanadi. Monarxiyaning 2 turi mavjud: mutlaq (absolyut) monarxiya, bunda monarxning toʻla hokimiyatini cheklaydigan bironbir davlat organi boʻlmaydi; konstitutsiyaviy M., bunda monarx hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan muayyan vakolatli organ bilan cheklangan boʻladi, yaʼni qonunchilikni parlament, ijro hokimiyatini hukumat olib boradi. Ayrim mamlakatlarda davlat boshligʻi ayni vaqtda diniy rahbar ham hisoblanadi. [1]

Monarxiya koʻrinishlari

tahrir
  • Mutlaq monarxiya — monarx cheksiz hokimiyatga egalik qiladigan monarxiya koʻrinishi. Mutlaq monarxiyada hukumat yoki boshqa hokimiyat organlari faqat davlat boshligʻi boʻlgan monarx oldida javobgardir, odatda parlament boʻlmaydi, boʻlgan taqdirda u maslahat kengashi vazifasini bajaradi, xolos.
  • Konstitutsiyaviy monarxiya — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan monarxiya. Konstitutsiyaviy monarxiyada qonun chiqaruvchi hokimiyat organi vazifasini parlament bajaradi, bajaruvchi organ esa hukumat boʻladi. Konstitutsiyaviy monarxiya ikki xil koʻrinishda boʻladi: dualistik va parlamentar monarxiya.
    • Dualistik monarxiya — (lotincha: Dualis) — monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklanuvchi monarxiya, lekin shunga qaramasdan monarx oʻzining hokimiyat uchun keng vakolatlarini saqlab qoladi.
    • Parlamentar monarxiya — monarx vakolatlari oʻta cheklangan, hukumat va hukumat organlari monarx oldida emas, parlament oldida javob beradi.
  • Teokratik monarxiya — siyosiy hokimiyat diniy rahbar qoʻlida boʻlgan monarxiya.

Hozirgi kundagi monarxiya davlatlari

tahrir

Okeaniya

tahrir


Manbalar

tahrir

Davlatlar boshqaruv shakllari ro'yxati

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil