iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.m.wikipedia.org/wiki/Avstraliyaliklar
Avstraliyaliklar - Vikipediya

Avstraliyaliklar – 1) Avstraliya aborigenlari; anchasi mustamlakachilar tomonidan qirib tashlangan (18-asr oxirida 250–300 ming boʻlsa, 1992-yil 170 mingga yaqin edi). Qisman, rezervatsiyalar deb e’lon qilingan choʻl zonalarida yashaydi. Avstraliyaliklar katta ekvatorial (negroid-avstraloid) irqqa mansub. Bu irqdagilar qora tanli, keng burunli, yuz qismi turtib chiqqan, toʻlqinsimon sochli, badani va yuzi sertuk. Ular 500 dan ortiq qabilaga boʻlingan. Har bir qabila oʻz tilida (qarang Avstraliya tillari) soʻzlashadi. Avstraliyaliklar ovchilik, temirchilik, baliqchilik bilan shugʻullanadi. Avstraliyaliklarning ilk ajdodlari Janubi-Sharqiy Osiyodan (asosan Indoneziyadan) taxminan 40 ming yillar ilgari kelib joylashgan. Ba’zan Avstraliyaning barcha aholisini Avstraliyaliklar deb ataydilar. 2) Xalq, Avstraliyaning asosiy aholisi, asosan, Buyuk Britaniyadan koʻchib kelganlarning avlodlari, ingliz avstraliyaliklar 13,4 mln. dan ziyod (1992). Ingliz tilining avstraliya shevasida soʻzlashadi. Xristian dinining katolik, presviterian mazhablariga e’tiqod qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Avstraliyaliklar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil