iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.
iBet uBet web content aggregator. Adding the entire web to your favor.



Link to original content: http://uz.m.wikipedia.org/wiki/Andorra
Andorra - Vikipediya

Andorra (kat. Andorra, ispancha: Andorra, fransuzcha: Andorre), Andorra knyazligi – Yevropaning janubi-gʻarbidagi davlat. Pireney yarim orolida, Fransiya bilan Ispaniya oraligʻida joylashgan. Maydoni - 467,63  km2, aholisi - 81 588 kishi (2023). Poytaxti – Andorra-la-Velya shahri. Rasmiy tili – katalon tili; maʼmuriy jihatdan 7 ta jamoaga boʻlingan. Dindorlar – katoliklar. Knyazlik, Yevropaning mitti davlatlaridan biri , dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan va Fransiya va Ispaniya oʻrtasidagi Pireney yarimorolining sharqiy qismida joylashgan, ular bilan bog'liq, lekin Yevropa Ittifoqining bir qismi emas .

Andorra Qirolligi
Principat d'Andorra
ShiorVirtus Unita Fortior
(Lotincha: Kuch, birlashgan kuchliroqdir)
Madhiya: El Gran Carlemany
(The Great Charlemagne)
Location of Andorra
Poytaxt Andorra-la-Velya
Rasmiy til(lar) Katalan tili
Hukumat Konstitutsion Rohiblik
Joan Enrik Vives Sitsiliya
Nemesi Markez Oste
Jaume Bartumeu Cassany
Mustaqillik
Maydon
• Butun
468 km2 (178-oʻrin)
• Suv (%)
0,26
Aholi
• 2010-yilgi roʻyxat
91 023[1] (194-oʻrin)
• Zichlik 180/km2
YIM (XQT) 2009-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$4,90 mil. (177-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$44,623
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma AN
Telefon prefiksi 376
Internet domeni .ad

Etimologiyasi

tahrir

“Andorra” toponimining aniq kelib chiqishi noma’lum, bu borada tilshunoslar bir qancha farazlarni ilgari surdilar. Xususan, "Andorra" nomi navarro-aragoncha andurrial so'zidan kelib chiqqan, degan nuqtai nazar mavjud , ya'ni "butalar bilan qoplangan er" yoki "o'rmonli maydon"  , chunki Pireney vodiylari bilan qoplangan . katta o'rmonli hududlar.

Davlat tuzumi

tahrir

Andorra – mustaqil suveren davlat. Fransiya qiroli Karl davridayoq mustaqillikka erishgan. Oʻsha paytdan to birinchi konstitutsiya qabul qilinguncha Andorra 1278-yil shartnomasida belgilanganidek, Fransiya va Seo-de-Urxel shahri. (Ispaniya) yepiskopining ikki yoqlama protektoratida (izmida) boʻldi. 1993-yil 14-martdagi umumxalq ovoz berishi natijasida maʼqullangan mamlakat birinchi konstitutsiyasiga binoan Andorra „parlamentli knyazlik“ hisoblanadi, unda „xalq suvereniteti tamoyili“ qaror topdi, sobiq hukmdorlar – Fransiya prezidenti bilan Seo-de-Ur-xel yepiskopiga aniq vakolatli „konstitutsion davlat boshliqlari“ martabasi, jumladan, ularga ichki xavfsizlik va mudofaa, hududiy va chegara huhuqlari, yuridik sohalarda hamkorlik qilishga oid xalqaro shartnomalarni tayyorlashda qatnashish huquqi berildi. Qonun chiqaruvchi oliy organ – Bosh kengash – 28 deputatdan iborat bir palatali parlament. Ijroiya hokimiyat oliy organi – Ijroiya ken-gash (hukumat).

Sharqiy pereneyda, Fransiya va Ispaniya oʻrtasida joylashgan Yevropaning bu mitti davlatining dengizga chiqish yoʻli singari qurolli kuchlari xam yoʻq. Lekin tazyiqqa uchraganida, Fransiya va Ispaniyadan tashqari NATO kuchlariga xam ishonsa boʻladi[2].

Geografiyasi

tahrir

Andorra Pireneyning janubiy yon bagʻrida, Valira daryosi (Ebro havzasi) va uning irmoqlari vodiysida joylashgan. Muzliklardan hosil boʻlgan koʻllar bor. Iqlimi subtropik, yiliga 1000-2000 mm yogʻin yogʻadi. Togʻlari dub, buk va archa-pixta oʻrmonlari bilan qoplangan, baland alp va alp oʻtloqlari bor[3].

Xoʻjaligi

tahrir

Andorra xoʻjaligining asosiy tarmoqlari – qoʻychilik va dehqonchilik bundan tashqari arpa, javdar, kartoshka, sabzavot, uzum, tamaki yetishtiriladi[4]. Oziq-ovqat sanoatining kichikroq korxonalari, GESlar, xunar-mandchilik ustaxonalari bor. Mamlakatda kirish turizmi katta daromad keltiradi. Andorradan chetga jun, pista koʻmir chiqariladi, chetdan esa oziq-ovqat va sanoat mollari keltiriladi. Aholi jon boshiga ichki yalpi mahsulot 15 ming AQSh dollariga toʻgʻri keladi.

Ijtimoiy soha

tahrir

Maktab taʼlimi – fransuz yoki ispancha[5]. „Diari d’Andorra“- katalon tilidagi kundalik gazetasi, 1991-yilda asos solingan. „Poble Andorra“ („Andorra xalqi“) – katalon tilidagi haftanoma, 1974-yilda asos solingan. „Andorra radiosi“ 1984-yildan buyon ishlaydi. „Antenna-7“ deb nomlangan xususiy telekompaniya ham mavjud. Muzey, kutubxona, qadimgi hujjatlar arxivi, arab (8-10-asrlar) va roman (12- 16-asrlar) meʼmorligi obidalari bor. Pul birligi – fransuz franki va ispan peseti[6].

Iqtisodiyot

tahrir

YIMning 80%i turizm sohasiga toʻgʻri keladi. Andorraga yiliga 9 mln turist keladi. Iqtisodiyotning boshqaruvida davlatning roʻli juda past darajada va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qoʻllab quvvatlanadi. Iqtisodiyotda bank sektori katta rol oʻynaydi. Andorrada qishloq xoʻjaligi juda past rivojlangan, chunki, yerning atigi 2 foizi qayta ishlashga yaroqlidir. Qishloq xoʻjaligi sohasida aholining 1 foizi band. Andorrada kartoshka va tamaki yetishtiriladi. Temir rudalari koni, svinets, gidroenergetika resurslari hamda mineral suv va oʻrmon resurslariga ega[7].

  • Kuchli tomonlari: iqtisodning asosi – turizm. Bank sistemalarining yuqori jihatdan mahfiy hisoblanadi. Eksportga qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan: don, kartoshka va tamakini chiqaradi[8][9].
  • Zaif tomonlari: Fransiya va Ispaniya davlatning iqtisodiy siyosatini belgilab beradi. Ishlab chiqarish mahsulotlarini va xom-ashyo importiga bogʻlanib qolgan[10][11].
  • Eksport: $148.7 million (2005). Eksport hamkorlari: Ispaniya 59.5 %, Fransiya 17.0 % (2006).
  • Import: $1.879 mlrd (2005). Import – hamkorlari: Ispaniya 53.2 %, Fransiya 21.1 % (2006).

Gerblar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. World Gazetteer
  2. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR, 2013-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-10-23
  3. arxiv nusxasi, 2018-04-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-01-22
  4. Agència de Mobilitat, Govern d’Andorra, 2007-12-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-08
  5. L’Hospitalet. La RN 20 coupée à cause d’une avalanche, La Depeche, 17-dekabr 2008-yil. Ladepeche.fr
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  7. Public transport of passengers (Archive.is saytida 2012-05-26 sanasida arxivlangan), Servei de Planificació i Gestió del Transport, Govern d’Andorra, 2009.
  8. Heliand – Serveis (2009). Heliand.com
  9. Helitrans – Services (2009). Helitrans.ad (Wayback Machine saytida 2009-07-15 sanasida arxivlangan)
  10. SNCF Map
  11. Google map