Studio Ghibli
Turi | animatsiya studiyasi[1] |
---|---|
Egasi | Tokuma Shoten va Nippon Television |
Qachon asos solingan |
15-iyun, 1985-yil Tokio, Yaponiya |
Hududiy xizmati | Dunyo boʻylab |
Asoschi(lari) | |
Mahsulot(lar)i | anime, telefilmlar, reklama roliklari |
Boyligi | 15.77 milliard yen (2011) |
Ishchilar soni | 182 (2021) |
Shoʻba korxonalari | Studio Kajino |
Vebsayti | ghibli.jp |
Studio Ghibli Inc. (yaponcha: 株式会社スタジオジブリ Kabushiki-gaisha Sutajio Jiburi )[2] — asosiy binosi Tokioning Koganei shahrida joylashgan yapon animatsiya studiyasi. Studiya oʻzining animatsion badiiy filmlari bilan mashhur boʻlib, shuningdek, bir nechta qisqa metrajli filmlar, reklamalar va ikkita telefilm ishlab chiqargan. Studiyaning ramzi Totoro nomli personaj hisoblanib, 1988-yilda „Mening qoʻshnim Totoro“ anime filmidagi mushuklardan ilhomlanib yaratilgan ulkan ruhdir. Studiyaning eng yuqori daromad keltirgan filmlariga „Ruhlar olami“ (2001), „Howl's Moving Castle“ (2004) va „Qoyadagi baliqcha Ponyo“ (2008) kiradi. Studiya 1985-yil 15-iyunda rejissyorlar Hayao Miyazaki va Isao Takahata hamda prodyuser Toshio Suzuki tomonidan Topcraft studiyasida yaratilgan „Nausicaä of the Wind“ (1984) muvaffaqiyatli animesidan soʻng tashkil etilgan.
Studiyaning beshta filmi eng ko‘p daromad keltirgan o‘nta yapon animelari roʻyhatidan joy olgan. „Ruhlar olami“ ikkinchi oʻrinda bo'lib, Yaponiyada 31,68 milliard yen va butun dunyo boʻylab 380 million AQSH dollaridan ortiq daromad keltirgan; Princess Mononoke esa 20,18 milliard yen bilan, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Studiyaning koʻplab asarlari Animage Gran-pri mukofotiga sazovor boʻlgan. Studiyaning beshta filmi Oscar mukofotiga nomzod boʻlgan. „Ruhlar olami“ filmi 2002 yilda „Golden Bear“ va 2003-yilda „Eng yaxshi animatsion film uchun Akademiya mukofoti“ ga sazovor boʻlgan[3].
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yili | Nomi | Rejessiyor |
---|---|---|
1986 | Castle in the Sky | Hayao Miyazaki |
1988 | Mening qoʻshnim Totoro | Hayao Miyazaki |
1991 | Only Yesterday | Isao Takahata |
1992 | Porco Rosso | Hayao Miyazaki |
1997 | Princess Mononoke | Hayao Miyazaki |
2001 | Ruhlar olami | Hayao Miyazaki |
2004 | Howlʼs Moving Castle | Hayao Miyazaki |
2008 | Qoyadagi baliqcha Ponyo | Hayao Miyazaki |
2020 | Earwig and the Witch | Gorō Miyazaki |
2023 | How Do You Live? | Hayao Miyazaki |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ „スタジオジブリの概要 - スタジオジブリ|Studio Ghibli“. 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ John. „Everything You Need to Know About Studio Ghibli“ (en-US). Tofugu (2011-yil 22-noyabr). 2018-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-may.